Toshkent viloyatida zilzila qayd etildi
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda sezildi.

Bugun, 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:58 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Magnituda M=4,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 158 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer qimirlashining Bekobod shahrida sezilish kuchi 2 ball, 48 km.







