Bektemir va Yashnobod gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi
Mazkur tumanlarda ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

"Hudud gaz ta‘minot"ning xabar berishicha, Bektemir tumani, Olmos ko‘chasida joylashgan o‘rta bosim D-57mm yer usti gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, 2022 yil 6 may kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Olmos va Porloq ko‘chalarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan gaz tartiblash punktida ta‘mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022 yil 6 may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha ushbu manzilda gaz ta‘minoti to‘xtatiladi.







