Messi turizm elchisiga aylandi
Endi futbolchi Saudiya Arabistonining rasmiy vakili hisoblanadi.

Argentina terma jamoasi va “PSJ” hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistonining turizm bo‘yicha rasmiy elchisi bo‘ldi. Bu haqda “Arab News” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Messi dushanba kuni yangi maqomda Jiddaga yetib borgan.
“Men Lionel Messini Saudiya Arabistonida kutib olganimdan xursandman. Qizil dengiz xazinalari va bizning qadimiy tariximiz bilan tanishishingizdan xursandmiz”, — deb yozdi Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmad Al-Xatib o‘z sahifasida.








