Zidan haqida yangi kitob yozildi
Unda futbolchining hayotiga oid bir qancha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Mashhur fransuz jurnalisti Patrik Fort va biograf Filipp Jan – Zinedin Zidanning futbolchi sifatidagi hayotidagi muhim davrlarni: «Yuventus», «Real Madrid», Jahon chempionatidagi g‘alaba” haqida kitob yozishdi.
Zizu haqida bir necha o‘nlab kitoblar nashr etilgan, ammo fransuz futbolchisining tarjimai holi bo‘yicha mualliflar yangi ma’lumotlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yordam berganlarni hech qachon unutmadi
Raqib jamoa futbolchilari Zidanni tajovuzkor hujumchi sifatida bilishgan. Ammo u hayotda juda samimiy va adekvat bo‘lgan.
90 yillarning boshi Marsellik do‘stlari uning oldiga kelishadi va ular birga kechki ovqatga borishadi. Do‘stlar shahar markazidagi bir restoranni tanlashadi. Lekin ulardan biriga eng yaxshi stol berilmagani yoqmaydi. Shunda Zidan do‘stining ofisiantga qo‘pol munosabatda bo‘lishini xotirjam kuzata olmaydi. Shunda do‘stini xotirjam qiladi va ular kechgi ovqatni shu yerda qilishadi.Zidanning yana ajoyib xislatlaridan biri shundaki, u hech qachon unga yordam bergan odamlarni unutmagan.
Zinedin 1987 yilda 15 yoshida unga boshpana bergan Elinolar oilasi bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lgan.
Sobiq futbolchini Kann yoshlar jamoasiga chaqirishadi. Uning ota-onasi esa Kanndan uy topsa, Zinedinni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishadi. Shunda Nikol va Jan-Klod Elino Zizuni asrab olishadi. Shu vaqtda ularning uchta farzandi bor edi. Hamda unchalik boy oila emas edi. Zizu Elinolar oilasi bilan besh yil yashaydi va ular bilan yaqin do‘st bo‘lib qoladi.
1997 yilning bahorida u Nikol va Jan-Klod Elinoni Turinga Chempionlar ligasi o‘yiniga taklif qiladi. Bu yillar davomida Elinolar ham Zidanni qo‘llab-quvvatladi: Jan-Klod va Nikol Zizuning har bir o‘yinini tomosha qilishdi.
Zidan hayotidagi asosiy insonlardan biri bu skaut Jan Varro hisoblanadi. U bolaligida Zinedinni o‘yiniga ishonch bildirdi va unga hech kim xayrihohlik qilmaganida mashhur futbolchi bo‘lishiga yordam berdi. U Zidanning Kannga o‘tishini maslahat bergan. Zizu yulduzga aylanganidan keyin ham Varro bilan iliq munosabatlarni saqlab qolgan.
«Jan kashf etgan o‘nlab o‘yinchilar orasida Yazid (Zidanning boshqa nomi) o‘zgacha iqtidor egasi bo‘lgan. Zidandan boshqa u yetishtirgan bironta futbolchi Varroga qo‘ng‘iroq qilmagan, minnatdorchilik sifatida na surat, na futbolka yubormagan. Ammo Zidan doimo uning yonida bo‘lgan”, — deyiladi kitobda.
1998 yilda Varroning rafiqasi jiddiy kasallik bilan kasalxonaga yotqiziladi. Shu vaqtda Zidan «Yuventus» futbolchisi edi. O‘shanda bir necha bor kasalxonaga tashrif buyurishga vaqt topadi. Tashriflaridan birida u shifokorlar bilan gaplashib xarajatlarga ketadigan barcha pullarni ularga berib ketadi. Ammo Zidan bu haqda Janga aytmagan.
Peres bilan bo‘lgan sirli suhbat
2000 yilning yozida, «Real Madrid» va «Galatasaroy» o‘rtasidagi Yevropa Superkubogi uchun o‘yin arafasida, UEFA gala-ziyofati bo‘lib o‘tadi, unda mavsumning eng yaxshi o‘yinchilari taqdirlanadi: Raul eng qimmat hujumchi, Trezege esa eng yaxshi o‘yinchi deb tan olinadi. Zidan esa Yevro 2000ning eng yaxshi goliga beriladigan sovrinni qo‘lga kiritadi.
Kechki ovqat paytida ofisiant Zidanga buklangan salfetka olib keladi. Avvaliga fransiyalik futbolchi bu holatdan hayron qoladi. Ammo salfetkadagi yozuv uning e’tiborini tortadi. Unga «Real Madrid»da o‘ynashni xohlaysizmi?” deb yozilgandi. Zidan atrofga qaraydi va o‘zidan bir necha metr narida o‘tirgan Florentino Peresga ko‘zi tushadi. Zidan salfetkaga «Ha» deb yozib yuboradi. «Real Madrid» prezidenti salfetkani ocharkan jilmayib, bosh irg‘aydi.
Keyinchalik Peres o‘sha voqeani juda istamay eslaydi, chunki u FIFA qoidalarini buzgan edi. Sababi Florentino Zizu bilan muloqot qilishdan oldin «Yuve» bilan kelishib olishi kerak edi.
Shu tariqa 2001 yilning yozida futbolchining transferi rasmiylashtiriladi. Kitobda Zinedinning Madriddagi dastlabki kunlari haqida ma’lumotlar mavjud.
Munozaralar to‘lqini
2001 yilda «Real» va «Yuve» bir necha oy davomida keskin muzokaralar olib borishadi. Shundan so‘ng Zinedindan Madridga tezda uchib kelishini so‘rashadi. 8 iyul kuni Zidan Qo‘shma Shtatlardagi ta’tildan chiqib, Ispaniyaga uchib ketadi. Uning samolyoti Madrid yaqinidagi harbiy aviabazaga qo‘nadi. Shu tariqa Zidan hashamatli Yeurobulding mehmonxonasiga joylashtiriladi. Klub xodimlari uni «Santyago Bernabeu»ga yaqinligi uchun tanlashadi.
Iyul oyida klublar so‘nggi muzokaralarni hal qilishayotganda, fransuz mehmonxonadagi bir xonaga qamalib qoladi. U bir necha kun davomida shu xonada qolib ketadi va uning kelishi qanday kuchli munozaralar to‘lqinini keltirib chiqargani o‘ylaydi.
Uning do‘sti Klod Makelele Zinedinning qamalib qolgani haqida tasodifan bilib qoladi va darhol g‘azablanadi. U «Real» rahbariyatidan Zidanni «Santo Mauro» mehmonxonasiga qo‘yishini so‘raydi. Do‘stining harakati bilan Zidan yangi mehmonxonaga ko‘chib o‘tadi.
Klubdagi tartibsizliklar
2002/03 yilgi mavsumda «Real Madrid»da notinch davrlar boshlandi. Zidan, Raul, Figu va Ronaldu bo‘lgan «Galaktikos» Chempionlar Ligasi yarim finalida «Yuventus»ga mag‘lub bo‘ladi. Bu o‘yindan bir necha hafta o‘tib «Real» «Atletik» ustidan g‘alaba qozonadi va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritadi. Lekin futbolchilarning rahbariyatga e’tirozlari ko‘p edi, shu bois xursandchilik ham tatimaydi. O‘sha kuni tunda Madriddagi mehmonxonalardan birida chempionat sharafiga kechki ovqat uyushtiriladi. Unda futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyat ishtirok etadi.
“Unda “Futbolchilar anchadan beri to‘planib kelayotgan da’volarni bildiradi. Stol ortida esa dahshatli gumburlash eshitiladi. Fernando Yerro mushtlari bilan Valdanoga murojaat qiladi. O‘yinchilar chempionlikni boykot qilish bilan tahdid qilishadi", — deyiladi kitobda.
Peres chiday olmay, hammani tartibga chaqiradi. Uning ta’kidlashicha, barcha istisnosiz tartibga kelishi shartligini va rozi bo‘lmaganlarning hammasini jarimaga tortishini aytadi. Bu futbolchilarning shijoatini sovutadi. Shundan so‘ng klub to‘g‘risida bir nechta shov-shuvli xabarlar tarqaladi: bosh murabbiy Visente del Boske ishdan bo‘shatiladi, Fernando Yerro bilan shartnoma uzaytirilmaydi.
Do‘stiga bag‘ishlangan gollar
1998 yilgi jahon chempionati va Yevro-2000dan so‘ng Fransiya jamoasining oltin avlodining o‘yini sezilarli darajada pasayadi. 2002 yilgi Jahon chempionatida ular guruhdan chiqolmaydi va Yevro-2004da bo‘lajak chempion Gresiya jamoasiga mag‘lub bo‘lishadi.
Turnirdan so‘ng terma jamoada keng ko‘lamli o‘zgarishlar boshlanadi: bir guruh yulduz futbolchilar (Thuram, Makelele, Desailly) ketishlarini e’lon qilishadi va Jak Santini o‘rniga Raymond Domenek bosh murabbiy etib tayinlanadi. Zidan esa ketmaydi. Lekin har bir matbuot anjumanida shunday bo‘lishi mumkinligiga shama qiladi.
Domenek yulduzlar ketishini kutmagandi va hech bo‘lmaganda Zidanni saqlab qolishga qaror qiladi.
Futbolchilar Domenek tayinlanganidan bir oy o‘tib, 11 avgust kuni Madridda uchrashishadi. Murabbiy Zidanga jamoada qoidalarni kuchaytirishni rejalashtirayotganini aytadi: massaj zali va konferensiya zalida mobil telefonlarni taqiqlash, jamoa joylashgan joydan ko‘chaga chiqishni nazorat qilishni ta’kidlaydi. Bu g‘oyalar Zidanga yoqadi. Keyinchalik Raymond Zinedinni zahira o‘yinchisiga aylantiradi. Albatta, bu Zidanga yoqmaydi. Bir necha kundan keyin u terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini e’lon qiladi.
Yulduzlarsiz qolgan Fransiya keyingi jahon chempionatiga chiqishda katta muammolarga duch keladi. Shuning uchun 2005 yilning yozida Zidan va Makelele jamoaga qaytishadi. Ular qolgan o‘yinlarda Irlandiya (1:0) va Farer orollari (2:0) termalariga qarshi maydonga tushib, terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishadi.
Jahon chempionatining Togo qarshi o‘yindan bir kun o‘tgach, Jan Varro vafot etadi. Zidanning onasi o‘lim xabari Zinedin uchun og‘ir zarba bo‘lishini bilgan holda unga hech narsa demaydi. Xabar topganidan so‘ng esa Zidan do‘stining o‘limiga qattiq chidaydi va qolgan o‘yinlarda urgan gollarini do‘stiga bag‘ishlaydi.
Muallif: Jamshidbek AMIROV








