«Atletiko» Suares va Errera bilan xayrlashdi
Futbolchilar mavsum yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etishadi.

Hujumchi Luis Suares va yarimhimoyachi Ektor Errera mavsum yakunida erkin agent sifatida «Atletiko»ni tark etishadi.
Madrid klubi "Vanda Metropolitano"da 37-tur doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o‘yindan so‘ng futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Errera 2019/2020 yilgi, Suares 2020/2021 yilgi mavsumdan buyon «Atletiko»da o‘ynayotgandi. Ular o‘tgan mavsumda jamoa bilan La Ligada g‘olib bo‘lishdi.
32 yoshli meksikalik futbolchi bu mavsumda La Ligada 21 ta o‘yin o‘tkazdi. 35 yoshli urugvaylik hujumchi esa 34 ta bahsda 11 ta gol urdi.







