Surxondaryoda o‘quvchi dars qilmagani uchun kaltaklandi
Holat yuzasidan ingliz tili o‘qituvchisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinladi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari holatga munosabat bildirdi.
Maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 4-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganligi uchun uni urgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.







