Sport

Boks: Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etildi

Unda O'zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qo'lga kiritdi.

Boks: Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etildi

 

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida terma jamoamiz o‘z ishtirokini yakunladi.

 

Quvonarlisi, Turkiyada davom etayotgan ushbu musobaqa o‘zbek ayollar boksida ilk medallar qo‘lga kiritilgan Jahon chempionati sifatida tarixda qoldi.

 

-50 kg vaznli bokschimiz yarim finalda kolumbiyalik Lorena Valensiyaga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, bokschimiz jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

+81 kg vaznli bokschimiz Mohira Abdullayeva esa JCh yarim finalida marokashlik Xaija Mardiga qarshi ringga ko‘tarildi. Afsuski, 1-raundda bokschimiz oyog‘idan jarohat oldi.

 

Shundan so‘ng hakamlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi va oqibatda g‘alaba Marokash vakilasiga taqdim etildi. Shunday qilib, mazkur dunyo birinchiligini terma jamoamiz 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Boks: Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etildi | Zamon.uz