O‘zbekistonda dollar kursi sezilarli pasaydi
Markaziy bank 20-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

MB xabariga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 42,37 so‘mga arzonlab, 11 088,20 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham pasaydi, 1 yevro 71,20 so‘mga tushib, 11 642,61 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi oshdi. Xususan, 1 rubl 2,69 so‘mga qimmatlab, 177,91 so‘mni tashkil etdi.
Dollar kursining pasayishi oxirgi marta 15- mart kuni kuzatilib, 1 AQSH dollari 11 100 so‘mdan past bo‘lgan edi.







