Sport

Vafodor Marko

“Borussiya Dortmund” futbolchisi Marko Roys bilan bir qator yulduz futbolchilar birga o‘ynagan.

Vafodor Marko

 

«Borussiya Dortmund» hujumchisi Marko Roys jamoada 10 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Bu vaqt ichida Dortmund klubi bir qator yulduz futbolchilar yetishib chiqdi va boshqa jamoaga o‘tib ketishdi. Faqatgina Roys shuncha yildan buyon jamoaning sodiq futbolchilaridan biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Biz nemis futbolchisi bilan «Borussiya»da o‘ynagan jahonning yulduz futbolchilari haqida ma’lumot beramiz.

 

Mario Gyotse

 

Gyotse «Qora-sariqlar»dan 2013 yilda  «Bavariya» safiga borib qo‘shiladi. Undan so‘ng 2020 yilda «PSV» futbolchisiga aylanadi. Undan avval u Roys bilan bir jamoada o‘ynagan.

 

Robert Levandovski

 

Levandovski bilan Roys hujumda ajoyib o‘yinlarni o‘tkazishgan. Ikki mavsum davomida ular muntazam ravishda gollar urishgan hamda bir-birini tushunadigan tandem sifatida faoliyat olib borishgan. Ammo 2014 yilda Robert klub bilan yangi shartnoma imzolamaydi va «Bavariya» klubiga tekinga o‘tib ketadi.

 

Mats Hummels


Avval «Borussiya» sharafini himoya qilgan Hummels 2016 yildan 2019 yilgacha Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p suradi. Biroq shundan so‘ng u yana «Borussiya»ga qaytib kelgan.

 

Per-Emerik Obameyang

 

Besh mavsum davomida Roys va Aubameyang «Borussiya Dortmund»da yonma-yon to‘p suradi. 2018 yilga kelib, hujumchi «Arsenal» futbolchisiga aylanadi.

 

Ilkay Gyundogan

 

Gyundogan «Borussiya»ga Roysdan bir mavsum oldin kelib, 2016 yilda jamoani tark etadi. Hozirda futbolchi «Manchester Siti» futbolchisi hisoblanadi.

 

Genrix Mxitaryan

 

Uch mavsum davomida Mxitaryan va Roys Genrix «Manchester Yunayted»ga sotilgunga qadar yarim himoyada muvaffaqiyatli harakat qilishgan.

 

Kristian Pulishich


Pulishich «Borussiya» bilan 2015 yilda shartnoma imzolagan. O‘shanda u 16 yoshda edi. 2019 yilda futbolchi 64 million yevro evaziga «Chelsi» futbolchisiga aylanadi.

 

Jeydon Sancho

 

Sancho va Roys 2017 yildan 2021 yilgacha bir jamoada o‘ynashadi. Shundan so‘ng Jeydon 73 million funt evaziga "Manchester Yunayted” safiga borib qo‘shiladi.

 

Erling Holand

 

Holand Levandovskidan keyin jamoaning hujum chizig‘ida eng ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘lgan birinchi hujumchisi bo‘ldi. Norvegiyalik futbolchi nemis klubida 2,5 yil davomida to‘p surdi. Hozirda futbolchi Angliyaning «Manchester Siti» a’zosiga aylanganini rasman e’lon qildi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Vafodor Marko | Zamon.uz