Dehqonobodda kuchli yog‘ingarchilik sabab xonadonlarni suv bosdimi?
Mazkur holatga viloyat FVV rasmiy munosabat bildirdi.

Dehqonobodda kuchli yog‘ingarchilik sabab xonadonlarni suv bosdimi?
Mazkur holatga viloyat FVV rasmiy munosabat bildirdi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 19 may kuni kuchli yog‘ingarchilik sabab sel keldi .FFV viloyat boshqarmasi xabar berishicha, soat 14:30 atrofida tumanning markazidan 45–50 kilometr uzoqlikdagi tog‘li hududlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Oqibatda hosil bo‘lgan yomg‘ir Oqrabod MFY Naymansoy qishlog‘i adirliklardagi qator xonadonlarning tomorqalari va xovlilaridan oqib o‘tgan. Shuningdek, yomg‘ir «Katta pay» o‘rmon xo‘jaligi dalalariga borib quyilgan.
Hozirda holat bo‘yicha tuman FVB va mahalla faollari birgalikda aholi yashash xonadonlariga borib ko‘rgan. Yomg‘ir xonalariga toshishi kuzatilmagan hamda hech kimga ziyon yetmagan.







