Yevropa klublari kelasi mavsum uchun uy liboslarini namoyish etishdi
“Yuventus”dan ajoyib ijodkorlik. “Real Madrid”dan retro uslub.

Gʻalaba va sovrinlar, albatta, sportdagi eng muhim omil. Ammo jamoalar liboslarining yangi va o‘zgacha ko‘rinish olishi futbolchilarga o‘zgacha kuch beradi. Shu boisdan ham mavsum oxirida Yevropaning top klublari o‘zlarining yangi liboslarini e’lon qilishadi.
«Yuventus»
Italiya klubining 2022/2023 yilgi mavsum uchun uy libosida klassik qora chiziqlarning yangi ko‘rinishi paydo bo‘ldi. Agar e’tibor bilan qaramasangiz, bu alohida hech narsani anglatmaydi. Ammo diqqat qilsangiz, qora chiziqlar ko‘plab kichik uchburchaklardan iborat ekanligini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu naqsh shaklga qiziqarli ko‘rinish beradi. Yelkalardagi chiziqlarda g‘ayrioddiy narsalar yo‘q. Ammo bu to‘plamning diqqatga sazovor joyi ko‘krakdagi «Jeep» titul homiysning noodatiy ko‘rinishidir.
«Real Madrid»
Klassikdan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin? «Real Madrid»ning yangi libosi 2007 yillardagi jamoa libosining aynan o‘zidir. Yelkadagi chiziqlari binafsha rangda bo‘lib, u 2011 yillar eslatadi.
«Roma»
«New Balance» nashri 2022/2023 yilgi mavsum uchun »Roma«ning uy libosini ham taqdim etdi. Dizaynda odatdagi qizil va sariq palitradan foydalanilgan. Bu brendlar o‘rtasidagi hamkorlikning ikkinchi yili hisoblanadi. Yangi mavsumda «New Balance» an’anani davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolka jamoaning Rim bilan uzviy aloqadorligi haqida so‘zlaydi.
«Borussiya Dortmund»
«Borussiya» yangi mavsumda formasida katta o‘zgarishlarga qo‘l urmadi. Shuning uchun bu bir qarashda biroz zerikarli ko‘rinadi. Biroq sariq mayka bu safar qora chiziqlar bilan bezatilgan. «Borussiya» futbolchilarini «asalarilar» deb bejiz aytishmagan. Shaklning o‘rtasida chiziqlar «1&1» kompaniyasi logotipi futbolka ko‘rinishiga yaxshi mos kelgan. Umuman olganda, dortmundliklar libosni qaytadan ixtiro qilishmadi. Lekin baribir o‘zlarining uy liboslariga yangi narsalarni olib kelishga muvaffaq bo‘lishdi.
«Bavariya»
Myunxen jamoasining 2022/2023 yilgi mavsumdagi formasi 2017/2018 yilgi mavsumdagi libosiga o‘xshaydi. 2017/2018 yildan farqli o‘laroq, endi chiziqlar gorizontal, turli qalinlikda, formaning yenglari ham oq chiziqlar bilan bezatilgan.
Muallif: Jamshidbek AMIROV








