“Milan” Tomoriga yangi shartnoma taklif qiladi
Klub uni asosiy o‘yinchiga aylantirmoqchi.

“Milan” futbolchisi Fikayo Tomoriga yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda «The Telegraph» nashri xabar berdi.
“Rossonerilar” ingliz futbolchisini chempionlikni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynagani uchun mukofotlamoqchi. Tomori jamoadagi boshqa o‘yinchilarga qaraganda ko‘proq o‘yinlarda maydonga tushgan.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv yana uch yilga mo‘ljallangan, ammo “Milan” shartnomani uzaytirmoqchi va Fikayoni asosiy o‘yinchiga aylantirmoqchi.
Fikayo Tomori joriy mavsum A Seriyada 31 ta o‘yinda maydonga tushdi.







