“Nyukasl” klubi transferlarda faollashdi
Klub “Atletiko Madrid”dan ikki futbolchi sotib olmoqchi.

“Atletiko Madrid”ning ikki o‘yinchisi, himoyachi Renan Lodi va yarim himoyachi Yannik Ferreyra Karrasko Angliyaning “Nyukasl” klubining qiziqishlari doirasida turibdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik himoyachi uchun 40 million yevro taklif qilmoqchi. Qayd etilishicha, Renan Lodi xizmatlariga Turinning “Yuventus” klubi ham qiziqmoqda.
“Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diyego Simeone esa Ferreyra Karraskoning jamoadan ketishiga qarshi. Belgiyalik futbolchi Madrid klubida qolish niyati borligini aytgan.
Renan Lodi joriy mavsumda “Atletiko” safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yannik Ferreyra Karrasko esa “Atletiko” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaning muallifi bo‘ldi.








