Bu yil maktabga nechanchi yilda tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi?
Мasalaga Xalq ta'limi vazirligi oydinlik kiritdi.

Endilikda 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga asosan, umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi belgilab qo‘yildi.
Kelgusi 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2022 yilning 31 dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, yaʼni 2015- yilning 31-dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari kerak.
Maʼlumot o‘rnida, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlov kurslari tashkil etiladi.







