YeCHL finalida “Real” chempion bo‘ldi
Shu tariqа jamoa Yevropaning eng sovrindor futbol klubiga aylandi.

Fransiyaning Parij shahrida Yevropa chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan “Liverpul”—“Real” uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda “qirollik klubi” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Qizillar”ning ketma-ket hujumlarini “qirollik klubi” darvozaboni Kurtua qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. O‘yindagi yagona gol Vinisius tomonidan kiritilgan.
Shu tariqa, Madrid klubi YeCHL 2021/2022 yilgi mavsum chempioniga aylandi.








