Eng dolzarb

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha muhim qadam

Bu bo‘yicha O‘zbekistonda 4 yillik strategiya ishlab chiqilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha muhim qadam

 

“2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

 

Unga ko‘ra, strategiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar kambag‘allikni qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

 

— ijtimoiy himoya tizimining inklyuzivligini oshirish, kam taʼminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash;

 

— aholining ehtiyojmand qatlami tomonidan taʼlim tizimining barcha bosqichlaridan va sog‘liqni saqlash tizimidan bepul yoki imtiyozli foydalanish imkoniyatini kengaytirish;

 

— aholining ehtiyojmand qatlamining bandlik darajasini oshirish hamda ularga mehnat bozorida yuqori daromadli ish o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish;

 

— tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda aholi ehtiyojmand qatlamining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish;

 

— hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita kambag‘allikni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratish;

 

— muhandislik-infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanishni standartlashtirish, aholining muqobil energiyadan va zamonaviy aloqa kommunikatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yana-da oshirish;

 

— atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikka erishishda xalqaro standartlarni qo‘llash orqali iqlim o‘zgarishining aholi salomatligiga salbiy taʼsirini yumshatish;

 

— ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni erkinlashtirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash.

 

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Kengash tomonidan strategiyani ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun nufuzli xalqaro tashkilotlar, milliy ilmiy-tadqiqot muassasalari ekspertlari va mutaxassislari jalb etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha muhim qadam | Zamon.uz