Mahmud Murоdov navbatdagi raqibining imkoniyatlarini baholadi
Sportchi jangga qayerda tayyorgarlik ko‘rishini aytdi.

Xabaringiz bor, Mahmud Murоdov 3-sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida o‘tkaziladigan "UFC Fight Night" turnirida dog‘istonlik Abusufyon Magomedovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
"Jangga tayyorgarlik har doimgidek Chexiya va Polshada bo‘lib o‘tadi. Raqibim UFC‘da debyut qiladi. Magomedov yaxshi jangchi. Hech narsa o‘zgargani yo‘q, biz ham 3 sentyabr kuniga belgilangan jangga astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz", - dedi Murоdov.







