23 mingdan ortiq ukrainaliklarga AQSHga kirishga ruxsat berildi
Ulardan 6 mingtasi allaqachon Qo‘shma Shtatlarga yetib borgan.

23 mingdan ortiq ukrainalik prezident Jozef Bayden ma’muriyatining Ukrainadan kelgan qochqinlar to‘g‘risidagi dasturiga muvofiq AQSHga kirishga ruxsat oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
“AQSH ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 23 mingdan ortiq ukrainalik yangi dastur bo‘yicha AQSHga kirishga ruxsat olgan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, dastur doirasida AQSHga allaqachon 6 ming kishi yetib borgan.
Aprel oyida prezident Jozef Bayden Ukrainadan qochqinlarni qabul qilish dasturini e’lon qilgan edi, bu ularning Amerika hududiga ko‘chib o‘tishini tezlashtiradi.








