Eng dolzarb

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar afg‘on qizlarini maktabga qaytarishga chaqirdi

31 may kuni Olmaotada YI va Markaziy Osiyo vakillari uchrashdi.

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar afg‘on qizlarini maktabga qaytarishga chaqirdi

 

2022 yil 31 may kuni Olmaota shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv ishtirokchilari Afg‘onistondagi og‘ir insonparvarlik vaziyatdan xavotir bildirar ekan, mamlakatning xalqaro moliyaviy aktivlariga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash va Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish muhimligini taʼkidladilar.

 

BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili D. Layons, yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili  T. Niklasson, Qozog‘iston Prezidentining xalqaro hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili K.Kazixon O‘zbekistonning Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun chegaradosh Termiz shahrida ko‘p funksiyali transport-logistika xabini yaratish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi, shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi faoliyatini alohida eʼtirof etdi.

 

Tadbir davomida afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatning mintaqaviy integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishi, uning iqtisodiyotini tiklash va Afg‘onistonda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro hamda mintaqaviy saʼy-harakatlar muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev o‘z nutqida O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan siyosatining asosiy jihatlariga, mamlakatning yangi hokimiyat maʼmuriyatiga, shuningdek, ular bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish zarurligiga to‘xtaldi.

 

Ishtirokchilar eʼtibori Afg‘onistonda turli terrorchi kuchlar tomonidan mintaqa mamlakatlari va boshqa davlatlar uchun ehtimoliy tahdid sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqning qayta vujudga kelishining oldini olishga qaratildi.

 

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakillar Afg‘onistonning yangi hukumati keng vakillikka asoslangan hukumat tuzishi, Afg‘onistondagi ayollar va etnik ozchiliklar huquqlarini hurmat qilishi, shuningdek, mamlakat hududining xalqaro terrorchilar boshpanasiga aylanishining oldini olish bo‘yicha o‘z vaʼdalari va xalqaro majburiyatlarini bajarish zarurligini qayd etib o‘tishdi. 

 

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda afg‘on qizlarini to‘liq maktab taʼlimiga tezroq qabul qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari Yakuniy bayonotni qabul qildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar afg‘on qizlarini maktabga qaytarishga chaqirdi | Zamon.uz