Jomboyda to‘yga kelganlar ovqatdan zaharlandi
Ayrim OAVlar noto‘g‘ri maʼlumot tarqatgani aytilmoqda.

Samarqan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, Jomboy tumanida yashovchi 19 nafar fuqaro tibbiyot birlashmalariga to‘y bazmida ovqatdan zaharlangani yuzasidan murojaat qilishgan. Shulardan 14 nafari sog‘ligining holati qoniqarli ekani sababli ambulator sharoitda davolanishga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, “MILLAR” ko‘rsatuvining 196 nafar, "MARKAZIY STUDIYA" ko‘rsatuvining 200 nafar fuqarolar zaharlangan deya bergan maʼlumotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ushbu xabarlar yuzasidan tekshiruv tayinlangan.







