O‘zbekistonning Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi maʼlum qilindi
Tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga o‘sgan.

Tojikiston O‘zbekiston bilan ijobiy savdo balansiga ega bo‘lgan to‘rt davlatdan biridir.
2021-yilda bu ko‘rsatkich Tojikiston bilan 397,3 million dollarni tashkil qilgan. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi esa — 604,5 mln dollar (o‘tgan yilga nisbatan 111,4 mln dollarga ko‘p).
2022-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi — 187,7 million dollar (2021 yilning shu davriga nisbatan 34,8 foizga o‘sdi). Shundan:
● eksport — $138,5 mln. (o‘sish 13,8%)
● import — $49,2 mln. (o‘sish 2,8 marta).







