Sport

Shakira futbolchi Pike bilan ajrashmoqda

Bunga turmush o‘rtog‘ining xiyonati sabab bo‘lgan.

Shakira futbolchi Pike bilan ajrashmoqda

 


“Barselona” futbolchisi Jerar Pike va mashhur qo‘shiqchi Shakira ajrashishga qaror qildi. “El Periodico” saytining xabar berishicha, buning sababi kataloniyalik o‘yinchining doimiy ravishda xiyonat qilishidir. 

 

Estrada yulduzi endi erining sarguzashtlariga dosh bera olmasligini  va shuning uchun uni shunchaki tark etishini ma’lum qilgan. Hozirda Pike Barselonada yolg‘iz yashaydi. Pike hali ham ayollar bilan uchrashishda davom etmoqda, deyiladi xabarda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Shakira va Pike o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida anchadan buyon gapirib  kelayotgandi. Bir necha oy oldin odatda birga vaqt o‘tkazadigan juftlik ijtimoiy tarmoqlarda birga tushgan suratlarini joylashni   to‘xtatgan.