O‘zbek so‘mi Moskva birjasini “zabt etadi”
Yaqin oylar ichida birjada so‘m bilan savdo ishga tushadi

Tez orada Moskva birjasida o‘zbek so‘mi bilan savdolar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “RIA Novosti” ga asoslanib, “Sputnik” xabar berdi.
Birjaning valyuta bozori departamentining maʼlum qilishicha, bu yaqin oylar ichida ishga tushadi. So‘m bilan birga, arman drami va BAA dirhami ham savdolarga chiqariladi.
Hozirda Moskva birjasida dollar, yevro, yuan, funt-sterling, Belarus rubli, turk lirasi, yapon iyenasi, Qozog‘iston tengesi va boshqa valyutalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan.







