Bugun respublikada yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi
Harorat 42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 mToshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.







