Ta'lim

Farg‘onadagi bog‘chada xo‘jalik mudiri bolalar haqqini yeb yubordi

U avval bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat, so‘ngra bog‘cha mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilgan.

Farg‘onadagi bog‘chada xo‘jalik mudiri bolalar haqqini yeb yubordi

 

M.Bozorova Bag‘dod tumanidagi 40-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Afsuski, u halol ishlash o‘rniga o‘zgalarning haqqiga ega chiqib, daromad ko‘rmoqchi bo‘ldi.

 

Dastlab oziq-ovqat mahsulotlarini taomnomalarga asosan chiqarilgan xarajatlarga nisbatan hisobotlarda asossiz ravishda oshirib ko‘rsatib, mablag‘larni talon-taroj qilgan. Shuningdek, u bu ishlarni davom ettirib, hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritadi. O‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan tashkilotning 140 million so‘mdan ortiq mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilib yuborgan. 

 

Nafsi hakalak otgan opa o‘g‘lining nomiga qurilish-taʼmirlash ishlariga ixtisoslashgan jamiyat ochib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishni maqsad qiladi. M.Bozorova o‘zi ishlaydigan maktabgacha taʼlim tashkilotida 2018-2021 yillarda amalga oshirilgan joriy taʼmirlash ishlariga soxta hujjatlar tayyorlab, amalda qilinmagan 72 million 633 ming so‘mni o‘zlashtirishga erishadi. Bundan tashqari, u moddiy javobgarligi ostida bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ham o‘zlashtirgani maʼlum bo‘ldi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash maqsadida to‘langan pullar davlat foydasiga o‘tkazildi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"