OTMlarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Endilikda abituriyentlar turli taʼlim shaklini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha quyidagicha etib tasdiqlandi:
· kunduzgi taʼlim shakliga — 77 477 nafar;
· sirtqi taʼlim shakliga — 26 095 nafar;
· kechki taʼlim shakliga — 3 725 nafar;
· masofaviy taʼlim shakliga — 3 410 nafar;
· magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 10 688 nafar.
Xabar berilishicha, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022 yil 20 iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etilgan.
Yana bir muhim yangiliklardan biri, joriy yil ham abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish tanlash mumkin, faqat endilikda turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi
Shuningdek, OTMlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona portal va DTMning rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.







