Samarqandda quduqda hushini yo‘qotgan fuqaro qutqarildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisaga oydinlik kiritdi.

Aniqlanishicha, soat 19:44 da viloyati FVBga tumanning Navbog‘chiyon MFY Uzimzor ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridan murojaat kelib tushgan. Taʼkidlanishicha, quduq qazish ishlari vaqtida 31 yoshli erkak taxminan 8 metr chuqurlikda havo yetishmagani sabab hushini yo‘qotgan.
FVVning xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbaob-anjomlari yordamida fuqaroni quduqdan sog‘-salomat chiqarib olgan. Shuningdek, fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.







