O‘zbek futboli yutuqlari
O‘zbek futboli doim tanqidlar ostida bo‘lib kelgan. Bunga juda ko‘plab misol va sabablar keltirishimiz mumkin. Biroq bugun futbolimizning yutuqlari haqida gapirmoqchimiz.

1994-yil. Yaponiyaning Xirosima shahri. Shu yili bu shaharda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari haqida yoshi katta hamyurtlarimiz yaxshi bilishadi. Unda qatnashgan uch yoshdagi mustaqil O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘lgan.
Guruh bahslarida ular Saudiya Arabistoni, Malayziya, Tailand va Gongkong termalari mag‘lub etib, yuz foizlik natija bilan chorak finalga yo‘l olgan. Bu bosqichda yon qo‘shnimiz Turkmaniston termasi yirik 3:0 hisobida tor-mor etiladi. Yarim finalda esa jamoamiz final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreya termasiga to‘qnash keladi. Teng kurashlar ostida kechgan bahda futbolchilarimiz Azamat Abduraimov tomonidan urilgan to‘p evaziga final chiptasini naqd qilishadi.
1994-yilning 16-oktyabri. Xirosima shahrida termamizning Xitoyga qarshi chempionlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik futbolchilarning to‘liq ustunligida kechgan bellashuvda jamoamiz chin yurti vakillarini 4:2 hisobida mag‘lub etishadi. Shu tariqa futbol bo‘yicha mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk chempionlik qo‘lga kiritiladi.
Oradan 18 yil o‘tib, Eronda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ham futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlangan.
Hindiston, Xitoy va Suriyaga qarshi guruh bosqich saralash bahslarida o‘smirlarimiz bir g‘alaba, bir durang va mag‘lubiyat qayd etadi. Natijada ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga chiqqan Dilshod Nuraliyev shogirdlari bu bosqichda janubiy koreyaliklarni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oladi.
3-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yarim finalda mezbonlar 3:2 hisobida taslim etiladi. Kuchli jamoalarni yengib finalga yo‘l olgan termamiz chempionlik uchun yaponiyalik tengdoshlari bilan kuch sinashadi. Uchrashuvning asosiy bo‘limi 1:1 hisobidagi durang natija bilan tugaydi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining qo‘li baland keladi. Shunday qilib, mazkur yosh toifasidagi birinchi chempionlik qo‘lga kiritiladi.
Xitoyda o‘tgan qorli final barcha ishqibozlarning yodida bo‘lsa kerak.
Unda guruh o‘yinlarida Qatar, Ummon, Xitoy jamoalari raqiblik qilgan. Dastlabki turda qatarliklarga 1:0 hisobida yutqazib qo‘ygan jamoamiz keyingi o‘yinlarda Xitoy va Ummon termalarini xuddi shu hisobda mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan.
Bu bosqichda musobaqa favoriti hisoblangan Yaponiya termasi raqiblik qiladi. Unda Ravshan Haydarov shogirdlari yaponlarni 4:0 hisobida yengishadi.
Yarim finalda ham yana bir kuchli jamoa Janubiy Koreya bilan bahs olib borgan yoshlarimiz o‘yinni 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal bo‘lgan.
Nihoyat, qorli finalda Sidirov tomonidan kiritilgan gol evaziga vetnamliklar mag‘lub etiladi.
Ertaga O‘zbekiston—Saudiya o‘yindan ham muxlislar futbolimiz tarixida qoladigan g‘alabani kutib qolamiz.








