Futbolchi Dani Olmoga hujum qilishdi
Noma'lum shaxslar uni urib, 30 ming yevrolik soatini o‘g‘irlab ketishgan.

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo bilan noxush hodisa yuz berdi. Futbolchi ta'tilni Ispaniyaning Valensiya shahrida o'tkazayotgan edi.
Tug'ilib o'sgan shahrida futbolchi sartaroshga borgan. Jinoyatchilar Olmoni kutishgan, keyin esa unga hujum qilib, 30 ming yevrolik soatini o‘g‘irlab ketishgan.
Lekin eng yomoni hujum paytida o'g'rilar bilan mushtlashishga uringan futbolchining ukasi Karlosning jarohatlangani bo‘ldi. Yigit olgan jarohati tufayli shifoxonaga yetkazildi.







