“Bavariya” Levandovskiy o‘rniga Ronalduni ko‘zlamoqda
Ronaldu ham “Manchester Yunayted”dan ketishga qarshi emas.

“Bavariya” Robert Levandovskining ketishi bilan uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.
Sadio Manening transferi “Bavariya” uchun yetarli emasdek ko‘rinadi va ular boshqa hujumchini taklif qilish haqida o‘ylashmoqda. Germaniya chempioni “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Klub rahbariyati Levandovskiyning o‘rnini Ronaldu egallay olishiga ishonmoqda. Qayd etilishicha, Ronaldu kelasi yozda klubini o‘zgartirishga qarshi emas, chunki u transfer siyosatidan norozi va “qizil iblislar”ning kelasi mavsumdagi muvaffaqiyasizliklaridan qo‘rqadi.








