“Bavariya” Ronaldudan voz kechdi
Bu klubning moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir qiladi.

“Bavariya” rahbariyati jamoa hujum chizig‘iga “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronalduni olib kelish fikridan qaytdi. Bu haqda Sport1 nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Bavariya” mutasaddilari 37 yoshli yulduzning transferi klubning moliyaviy tizimini ishdan chiqarishini inobatga olib, portugaliyalik o‘yinchidan voz kechgan.
Bundan tashqari, myunxenliklar o‘zini klub manfaatlaridan ustun qo‘yadigan futbolchining jamoaga kelishini istamayapti. Ronaldu esa, aynan ana shu toifaga mansub ijrochi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduga “Manchester Yunayted”ning barqarorlikka erisha olmayotgani yoqmayotgani va shu bois u klubdan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.








