O‘zbekiston gaz eksportini to‘xtatishi mumkin
Ayni paytda O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda.

O‘zbekiston gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkin. Bu haqda “O‘ztransgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Behzod Normatov jurnalistlarga maʼlum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.
Normatovning yaqin kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan barcha gaz O‘zbekistonda qolishi mumkinligini aytdi, kimyo korxonalari kengayayotgani, ichki iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kerakligini taʼkidladi.
«Ha, eksport bor edi, lekin bizda hamon iqtisodiy dinamika yo‘q. Ish o‘rinlari yaratishimiz kerak, lekin eksportni sof ko‘rinishida olib borish — bu iqtisodiyot uchun qanchalik foydali, uni qachon qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish mumkin?», — dedi “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi va 2025-2026 yillarda gaz eksporti to‘xtashi mumkinligini bildirdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda.







