Sport

Muhammad Saloh Premyer-ligada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi

Bu borada u Ronalduni ham ortda qoldirdi.

Muhammad Saloh Premyer-ligada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi

 

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premyer-ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

 

1 iyul kuni “Liverpul” misrlik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Shartnoma bo‘yicha uning maoshi haftasiga 400 ming funtni tashkil qiladi.

 

Bu maosh Premyer-ligadagi yulduz futbolchilar, jumladan, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening maoshidan ham ko‘p.

 

Saloh dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biri. Maosh bo‘yicha u “PSJ” yulduzlaridan keyingi o‘rinda turadi: Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar.

 

Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi 2017 yildan buyon “Liverpul”da o‘ynab kelmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 90 million yevroga baholamoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Muhammad Saloh Premyer-ligada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi | Zamon.uz