Eng dolzarb

Birni ko‘rib shukur qil

Bir necha kundirki, uyqu yo‘q, halovat yo‘q. Vatan, yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimiz kabi tinchimni yo‘qotdim. Afsuski, o‘rtada qon to‘kildi.

Birni ko‘rib shukur qil

 

O‘zbekiston tarixida bo‘lmagan ish bo‘ldi. Albatta bu qoraqalpoq xalqining irodasini ifoda etmaydi, bu ishni qilganlar olomondir, jinoyatchilar to‘dasidir. Shu bois emotsiyalarga berilmaslik kerak. 

 

Lekin endi dildagi ayrim fikrlarni aytishdan ham istihola qilmaslik lozim. O‘zbek eli aslo birovning mulkiga, erkiga ko‘z olaytirmaydi. O‘zbek xuddi armani singari Ozarbayjonning yerini, o‘ris kabi ukrainning yoki boshqa birovning vatanini tortib olmadi. O‘zbek asrlar bo‘yi goh qozoq, goh o‘ris, goh xitoyga sarg‘ayib, boshpana so‘rab yurgan qoraqalpoq qondoshiga  vatan berdi, boshini siladi. 

 

Yer yuzidagi yetti ming elat va millat bor. Ularning faqat yuzdan ko‘prog‘i o‘z davlatiga ega. Qolganlari u yoki bu mamlakat tarkibiga kiradi. Qirq million kurd, yana shuncha uyg‘urning, millionlab qrimtatar, tatar, boshqird, gagauz, tamil, katalon, shotland va boshqa elatlarning o‘z davlati yo‘q. Eronda kamida o‘ttiz million ozari o‘zi muxtoriyati tugul, hatto ona tilida taʼlim olish imkoniga ega emas.

 

Xitoyda bir yarim million uyg‘ur maxsus lagerlarda, "qayta tarbiyalanmoqda", o‘ldirilmoqda. Birmada musulmon roxinjalar ayovsiz genotsid qilinyapti, tiriklay yoqilyapti. Rossiyada yigirmaga yaqin avtonom birlik bor. Ularning barchasida ruslashtirish siyosati jadal ketyapti. Tojikistonda yashaydigan o‘ndan ortiq Pomir xalqlari alohida millat sifatida tan olinmaydi.

 

 Xolisona ko‘z bilan qaralsa, O‘zbekistonda qoraqalpoqlarga munosabat butunlay boshqacha. Men Qoraqalpog‘istonda ko‘p bo‘lganman. Samarqandda qishda ota-onam sandalda tezak yoqib isinib o‘tirganda, Qoraqalpoqning chekka hududlarda ham gaz gurillab turganini ko‘rib havas qilganman. Hatto Toshkentning ayrim mahallarida yo‘llar hamin qadar bo‘lsada, Kegeyli yoki Mo‘ynoqdagi ko‘chalar oynadek tekis. Farg‘ona yoki Surxondaryoda oylik va pensiyalar oylab kechikkan paytida ham, Qoraqalpoqda vaqtida berilgan. Hatto ko‘pincha katta-yu kichik tanlovlarda ham istisno tariqasida yuqori o‘rinlardan biri qoraqalpoqlarga beriladi, bu yozilmagan qoida. Sababi o‘zbekona andisha: Qoraqalpoqlarimiz o‘ksimasin. 

 

Kuni kecha Prezident aytganidek, bir so‘m topsak, oltmish tiyini Qoraqalpoqqa ketadi. Yana nima kerak? Birni ko‘rib fikr, birni ko‘rib shukur qil, deganlar. Qoraqalpoq do‘stlarimiz ranjimasinlar, bu aslida minnat emas, shunchaki tuzni yeb tuzliqqa tupurganlar uchun eslatma xolos. Qisqasi... O‘sha gapim gap: Men - qoraqalpoqman!

 

Rustam Jabborov

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Birni ko‘rib shukur qil | Zamon.uz