11 yil avval Rossiyaga ishlash uchun ketgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi
Fuqaro ishga layoqatsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda.

Bundan 11 yil avval Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borgan M.G. ayni paytda og‘ir dardga chalinib, ishga layoqatsiz bo‘lib qolgan.
Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Tomsk shahridagi “Do‘stlik” o‘zbek diaspora tashkiloti tomonidan fuqaro M.G.ga yordam ko‘rsatilib, aviachipta olib berildi.
Fuqaro 4-iyul kuni Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
Maʼlumot o‘rnida, yurtdoshimizni O‘zbekistonning mutasaddi tashkilotlari vakillari kutib olgan va tibbiy xizmat ko‘rsatishga kelishib olingan.







