Benzin narxi oshdimi?
“O‘zbekneftgaz” AJ holatga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 5-iyuldan “O‘zbekneftgaz” AJ AYOQSHlarida Ai-80 markali benzin narxi oshganligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqaldi.
“Shuni maʼlum qilamizki, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYOQSHlarida bugungi kunda 1 litri 6 800 so‘mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmagan,” – deyiladi AJ xabarida.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 749,7 ming tonna xomashyo qayta ishlangani, jumladan, avtobenzin (109,5 %), dizel yonilg‘isi (113,2 %) bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi to‘liq taʼminlangani qayd etilmoqda.
Xususan, 72,7 ming tonna Yevro 4-5-6 ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi hamda 179 tn miqdorida yuqori oktanli AI-98 rusumli avtomobil yonilg‘isi ishlab chiqarilgani aytilmoqda.







