O‘zbekistonda 4 kunlik ish haftasiga o‘tish taklif qilinmoqda
Hozir dunyo bo‘ylab ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adxam Bekmurodov to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish tashabbusi bilan chiqdi.
Uning taʼkidlashicha, hozir dunyo bo‘ylab ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda va biz hali ham yakshanba kuni dam olish uchun kurashmoqdamiz.
“Buyuk Britaniya eksperiment qildi 4 kunlikka o‘tish bo‘yicha. Bizlar hali yakshanbani hal qilolmay yuribmiz. Shuning uchun bir yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz kerak, 7 kun ishlaganimizdan keyin mehnat unumdorligi keyin 8-kunning unumdorligi qanchaga tushib ketadi? ”, – degan rektor.







