Eng dolzarb

Ayrimlar qanchalik harakat qilmasin, xalqlarimiz birligiga raxna sola olishmadi — Norboyeva

Senat raisi Qoraqalpog‘istondagi hodisalarga munosabat bildirdi

Ayrimlar qanchalik harakat qilmasin, xalqlarimiz birligiga raxna sola olishmadi — Norboyeva

 

Bugun Oliy Majlis Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisning kirish qismida Senat raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘istondagi voqealari haqida gapirdi.

 

"Qoraqalpog‘istonda ayrim nohush xodisalar sodir bo‘lganidan ham barchangizning xabaringiz bor. Ayrim kuchlarning qanchalik harakat qilishiga qaramasdan bo‘lib o‘tgan bu hodisalar hech qachon xalqimizning birdamligiga raxna sola olmasligiga guvohi bo‘ldik.

 

Shu bilan birga sodir bo‘lgan bu holatda hammamiz o‘zimizga to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz va o‘z ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi. Kuni kecha Prezidentimiz huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratdi.

 

Avvalo bu voqealar barcha masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va o‘z vaqtida yechilishiga barcha davlat organlari va idoralarining kuchi va resurslarini jalb qilish zarurligini ko‘rsatmoqda.

 

Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammo hamda masalaning katta va kichigi bo‘lmaydi. Ularning har birini yechimi muhimdir.Har qanday kichik deb qaralgan masala o‘z yechimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligi uchun birinchi navbatda biz masʼulmiz! Muxtasar qilib aytganda, o‘z ishimizni tanqidiy qayta ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi.

 

Fursatdan foydalanib, Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qurbon bo‘lgan hamyurtlarimizning oila aʼzolari va yaqinlariga o‘zim hamda senatorlarimiz nomidan hamdardlik bildiraman va sabr tilayman, shifoxonalarda davolanayotgan fuqarolarimizga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz”, — dedi Senat raisi.

 

Avvalroq Nukusda sepilgan qizil bo‘yoq bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilgandi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Ayrimlar qanchalik harakat qilmasin, xalqlarimiz birligiga raxna sola olishmadi — Norboyeva | Zamon.uz