Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida 9 iyul kuni soat 00:00dan soat 07:00ga qadar ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi.

“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasining A.Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
➖ Chilonzor tumani:
1) “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yo‘lining Muqimiy ko‘chasidan Baynalmilal ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
2) “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi odidagi So‘galliota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
➖ Shayxontohur tumani:
1) “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Kamolon ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Kattabog‘ 6-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
2) “Shayx Zayniddin” masjidi odidagi Ko‘kcha darboza ko‘chasining Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
➖ Yunusobod tumani:
1) “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
2) “Mirza Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasining A.Temur shoh ko‘chasidan Bodomzor yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
➖ Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Mazʼun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Qushbegi ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
➖ Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Tolimarjon ko‘chasidan A.Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.







