Qozog‘istonda kungaboqar urug‘lari eksportiga cheklovlar joriy etildi
2022-yil sentabr oyi oxirigacha Qozog‘istondan kungaboqar urug‘ini eksport qilish uchun kvotalar ajratiladi.

Qozog‘istonning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2022 yilning 8 iyulidan 2022 yilning 30 sentyabriga qadar kungaboqar urug‘larini mamlakatdan olib chiqishga miqdoriy cheklovlar (kvota) joriy etildi.
Shu bilan birga, farmoyish kuchga kirgunga qadar Qozog‘iston Respublikasi va YEOII bojxona qonunchiligiga muvofiq eksport bojxona rejimiga joylashtirilgan va chiqarilgan tovarlar respublika hududidan to‘siqsiz olib chiqilishi kerak.







