Sud FIFA rahbarlari Blatter va Platinini oqladi
Avvalroq ular firibgarlikda ayblangan edi.

Shveysariya sudi firibgarlikda ayblangan FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter va FIFA sobiq vitse-prezidenti Mishel Platinini oqladi. Bu haqda “Sky News” nashri xabar bermoqda.
2019-yil dekabrida FIFA Shveysariya sudlariga Blatter va Platini ustidan 2011-yil fevralida Platiniga to‘langan 2 million yevroni qaytarishni so‘rab da’vo qilgani xabar qilingan edi. 1998-2002-yillarda Platini o‘sha paytda FIFA prezidenti bo‘lgan Blatterning maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Shartnomaga ko‘ra, sobiq fransuz futbolchisi yiliga 300 ming frank olgan. Biroq faoliyati tugaganidan yillar o‘tib, Platini 2 million frank to‘lashni so‘ragan. Shundan so‘ng FIFA Blatter ishtirokida 2011-yil boshida ko‘rsatilgan mablag‘ni Platiniga o‘tkazib bergan.
Shveytsariya prokuraturasi ushbu to‘lov FIFA aktivlariga zarar yetkazganini va Platinini noqonuniy ravishda boyitganini aytdi. Biroq u va Blatter dastlab yiliga 1 million frank maosh olishga og‘zaki kelishib olganliklarini va shu sababli bu bitim amalga oshirilganini bildirgan.








