Yaponiya sobiq bosh vaziri og‘ir yaralandi
Unga ikki marta o‘q uzishgan.

Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abega hujum uyushtirildi.
Hodisa Nara shahridagi saylovoldi chiqishlarida ro‘y bergan. Maʼlumotlarga ko‘ra, unga qarshi ikki marta o‘q uzilgan. Politsiya buni miltiqda amalga oshirishgan degan fikrda.
Abe ko‘p qon yo‘qotgani aytilmoqda. Kyodo agentligi taxminlariga ko‘ra, siyosatchining yuragi urmayapti va o‘pkasi ishlamayapti.







