Karatechi Dostonbek Otabolayev Butunjahon sport o‘yinlarida ilk medalni qo‘lga kiritdi
Sportchi amerikalik Tomas Skottni mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.

Shu kunlarda AQSHning Alabama shtati Birmingem shahrida Butunjahon sport o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik karatechi Dostonbek Otabolayev delegatsiyaning ushbu musobaqadagi ilk medalini qo‘lga kiritdi.
75 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Otabolayev guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalda ukrainalik Stanislav Xorunaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shundan so‘ng bronza medali uchun kechgan jangda amerikalik Tomas Skottni mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.








