“PSJ” Krishtianu Ronaldu transferidan voz kechdi
Parijliklarning fikricha futbolchi jamoa uchun yaxshi nomzod emas.

“PSJ” “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish g‘oyasidan voz kechdi. Bu haqda "ESPN" nashri xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik hujumchining agenti Xorxe Mendesh Parij klubi sport direktori Luis Kampos va klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan futbolchining transferi imkoniyatlarini muhokama qilgan.
Biroq “PSJ” Ronalduni ayni damda munosib transfer deb hisoblamaydi. Bundan tashqari, jamoa u istagan maoshni to‘lay olmaydi.







