Messi “PSJ”da yana ikki yil qoladi
Klub futbolchi bilan shartnomani 2024-yilgacha uzaytirmoqchi.

Parij klubi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Tomonlarning amaldagi kelishuvi 2023-yilning yozida tugaydi, biroq parijliklar rahbariyati futbolchining vakillariga hamkorlikni bir mavsum 2024-yilgacha uzaytirmoqchi ekanliklarini malum qilgan. Bu haqda “Marсa” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Messi “PSJ”dagi kelajagi haqida 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan so‘ng bir qarorga keladi. Lionel o‘zining psixologik va jismoniy holatini o‘sha paytda baholamoqchi.







