O‘qishni “perevod” qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanmoqda
Faqat 2 toifa talabalargagina ichki “perevod” uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
- transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar;
- transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar.
Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza
- Pasport (jpg yoki pdf shakli)
- Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
- Akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun)
Maʼlumot o‘rnida, joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa talabalargagina ichki perevod uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.







