Pxenyan DXR va LXR “mustaqilligi”ni tan oldi
Ukraina Shimoliy Koreya bilan diplomatik munosabatlarni uzganini eʼlon qildi.

KXDR o‘zini mustaqil deb eʼlon qilgan DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin maʼlum qilgan.
“Ikki tomonlama hamkorlik savdo geografiyasini kengaytiradi. Aminmanki, bizni faol va mahsuldor aloqalar kutmoqda”, – degan u.
Rasmiy Kiyev buning ortidan Pxenyan bilan munosabatlarni uzishini eʼlon qildi. Ukraina TIV Shimoliy Koreyaning bu xatti-harakatlarini qatʼiy qoralagan va buni mamlakat hududiy yaxlitligiga tahdid sifatida baholagan.
Maʼlumot o‘rnida: DXR va LXR Ukrainaning Donesk va Lugansk viloyatlari o‘rnida tashkil etilgan va jahon hamjamiyati, jumladan, O‘zbekiston tomonidan ham tan olinmagan maʼmuriy birlik hisoblanadi. Hozirga qadar uning “mustaqilligi” faqatgina Rossiya va Suriya tomonidan tan olingan edi. Moskva ushbu ikki “respublikalar”dagi aholi huquqlarini himoya qilish bahonasida Ukrainaga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazmoqda.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti LXR va DXRni tan olmasligini maʼlum qilgandi.







