Sport

De Yong Manchesterga o‘tishni istamayapti

Bu haqda uning agentlari maʼlum qilgan.

De Yong Manchesterga o‘tishni istamayapti

 

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongning agentining so‘zlariga ko‘ra futbolchi “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istamayapti. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi.

 

Nashrning yozishicha, agent ingliz klubi bosh direktoridan yarim himoyachi transferini talab qilishni bas qilishni so‘ragan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gollandiyalik yarim himoyachining agentlari Ali Dursun va Hasan Chetinkaya “Barselona”ga o‘z futbolchisi haligacha ketish niyati yo‘qligini aytishgan edi. Bundan tashqari, ular kataloniyaliklarga yarim himoyachining maoshni qisqartirishga yoki u bilan bog‘liq muzokaralarga rozi emasliklarini maʼlum qilishgan.

 

De Yongning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda La Liganing 32 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

De Yong Manchesterga o‘tishni istamayapti | Zamon.uz