Messining xayriya ishlari
Futbolchi bu borada “Qadriyatlar” mukofotiga loyiq topilgan.

Argentinalik futbolchi 2007-yilda o‘zining xayriya jamg‘armasini tuzdi va u orqali qiyin vaziyatlarda qolgan muhtoj bolalarga yordam beradi. Jamg‘armaning eng yirik loyihalaridan biri boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Barselonadagi bolalar onkologiya markazi qurilishini moliyalashtirishdir. 2022-yilda Leo tashkil etilgan kasalxonaga shaxsan tashrif buyurdi, buning uchun u 2,5 million yevrodan ko‘proq pul berdi. Leo bundan tashqari maktablarni ham faol qo‘llab-quvvatlaydi.
Bunga misol qilib, G‘azodagi maktab qurilishini, Suriyadan kelgan bolalar uchun o‘quv to‘plamlari, Rosariodagi maktabni taʼmirlashni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari Leo fondi butun dunyo bo‘ylab ko‘plab taʼlim loyihalariga ega hisoblanadi.
Messi mazkur fondga rahbarlik qilishdan tashqari, UNISEF‘ning elchisi hisoblanadi. Hamda ushbu tashkilotning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Muhtoj bolalarga yordam berishning yana bir turi bu xayriya futbol uchrashuvlarini tashkil etishdir. Messi ishtirokidagi birinchi xayriya o‘yini 2013-yili Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan. Koronavirus pandemiyasi davrida Messi ikkita kasalxonaga Kataloniya va vatani Argentinaga 1 million yevro xayriya qildi.
2018 yilda Leo jamg‘armasining sobiq xodimi tashkilot pullarini o‘g‘irlashda ayblandi: go‘yoki pul offshorda olib qo‘yilgan va xayriya ishlariga yetkazilmagan. 2020 yilda Leo shu masala bo‘yicha sudda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Ko‘plab xayrli ishlar eʼtibordan chetda qolmaydi. 2020-yilda Leo “Qadriyatlar” mukofotiga loyiq deb topiladi.







