Sport

Arab jamoalarida o‘ynagan yulduz futbolchilar

Ular faoliyatlarining so‘nggi yillarini Arabiston yarimorolida o‘tkazishgan.

Arab jamoalarida o‘ynagan yulduz futbolchilar

 

 

Ko‘plab futbol yulduzlari faoliyatining yakuniy bosqichida arab jamoalariga yoki Amerika chempionati klublarida o‘ynashadi. Biz bugun Arabiston yarimoroli mamlakatlari jamoalarining sharafini himoya qilgan yulduz futbolchilar haqida so‘z yuritmoqchimiz.

 

Xavi (“Al-Sadd”, Qatar)

 

“Barselona” safida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan Xavi 2015ғyil Qatar chempionatiga o‘tadi. U yerdagi to‘rt yillik faoliyatdan so‘ng “Al-Sadd” jamoasida bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi. Qatar klubida ispaniyalik sobiq futbolchi yiliga 10 million yevro maosh oladi.

 

Anti Kasorla (“Al-Sadd”, Qatar)

 

2020-yildan buyon Kasorla Qatarda o‘ynamoqda. U qisqa vaqt mobaynida Xavi qo‘l ostida ishlashga ham muvaffaq bo‘ldi.

 

Raul (“Al-Sadd”, Qatar)

 

2012-yildan 2014-yilgacha yana bir ispaniyalik futbolchi Raul “Al Sadd” safida o‘ynagan. Hamda klub bilan Qatar chempionatida g‘olib chiqqan. Faoliyatining oxirida u klub tarkibida yiliga taxminan 6 million yevro olgan.

 

Mario Manjukich (“Al-Duhayl”, Qatar)

 

2019-yilda Manjukich A Seriyadan Qatar chempionatida o‘ynashga qaror qiladi. U “Al-Duhail” klubi safida olti oy davomida to‘p suradi. Aynan o‘sha paytda koronavirus pandemiyasi boshlangandi. Ikki tomonning kelishuviga ko‘ra, futbolchining maoshi yili 7,5 million yevroni tashkil etgan.

 

Juliano (“An-Nasr”, Saudiya Arabistoni)

 

Rossiyalik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Juliano “Zenit”da bir yil o‘tib, Turkiyaga jo‘nab ketadi. So‘ngra Saudiya Arabistoniga kelib, bu yerda 2018-yildan 2020-yilgacha faoliyat olib boradi.

 

Sebastyan Jovinko (“Al-Hilol”, Saudiya Arabistoni)

 

Saudiya jamoasiga kelishdan oldin Jovinko Kanadada chempionatida uch yil o‘ynaydi. Futbolchi “Al-Hilol”  sharafini 2019-yildan 2021- yilgacha himoya qiladi. OAV maʼlumotlariga ko‘ra, uning maoshi yiliga 10 million yevro atrofida bo‘lgan.

 

Fabio Kannavaro (“Al-Ahli”, BAA)

 

2010-yildan 2011-yilgacha Kannavaro BAAda to‘p surgan: shartnoma ikki yilga tuzilgan, biroq Fabio bu yerda bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘ynagan. Keyin tizzasidagi jarohati tufayli faoliyatini yakunlagan. Futbolchi so‘nggi mavsumda jamoasida yiliga 5 million yevro olgan.

 

Pep Gvardiola (“Al-Ahli”, Qatar)

 

Pep Gvardiola Qatarning “Al-Ahli” klubi sharafini himoya qilgan. U Yevropadagi yuqori darajadagi raqobatdan so‘ng Qatar ligasiga o‘tishga qaror qiladi. 2003-2005 yillarda u klub safida 2 million yevrodan ko‘proq maosh oladi.

 

Xames Rodriges (“Al-Rayyan”, Qatar)

 

2021-yilda “Everton” bilan bo‘lgan mojarodan so‘ng Rodriges Qatar klubi bilan shartnoma imzoladi. Hamda hozir ham o‘sha yerda o‘ynamoqda. Bu transfer ko‘proq pul ishlash uchun emas, balki boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgani maʼlum qilingan.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Arab jamoalarida o‘ynagan yulduz futbolchilar | Zamon.uz